14:03 / 28.02.2017
3 306

«Real» rahbariyati «Vilyarreal» prezidenti aytgan gapni haqorat sifatida qabul qildi

«Real» rahbariyati «Vilyarreal» prezidenti aytgan gapni haqorat sifatida qabul qildi

Madridning "Real" klubi rahbariyatiga "Vilyarreal" prezidenti Fernando Roiga aytgan gaplar yoqmadi.

Eslatib o‘tamiz, Roiga "Vilyarreal" - "Real" (2:3) o‘yinini boshqarib borgan hakam Xesus Xilya Mansano madridliklarga yordam berganiga shama qilgan edi.

Uchrashuv davomida mezbonlar 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo keyinchalik "Real" uchta gol kiritib, g‘alabani ilib ketdi. Bu gollarning ikkinchisi esa ancha bahsga sabab bo‘ldi. "Vilyarreal" yarim himoyachisi Bruno Soriano to‘pga qo‘li bilan ataylab o‘ynamaganini ta’kidlagan, ammo Mansano penalti belgilagan edi.

O‘yindan so‘ng "Vilyarreal" prezidenti Fernando Roiga hakamlarni tanqid qilib, ular stadiondan "Real"ga tegishli sumkalarni ko‘tarib chiqib ketishganini aytgan. Ispaniya futbol federasiyasi hakamlar qo‘mitasi esa sumkada "Real"ga tegishli atributkalar - ko‘krak nishoni, ruchka va kalitga osiladigan ilmoqlar bo‘lganini ma’lum qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» rahbariyati «Vilyarreal» prezidenti aytgan gapni haqorat sifatida qabul qildi