date

Adama Traore Londonda Fulhemni Vest Hemga almashtirdi

Adama Traore Londonda Fulhemni Vest Hemga almashtirdi

Qanot hujumchisi Adama Traore London ichida klubini o'zgartirdi: u «Fulhem»dan «Vest Hem» safiga ko'chib o'tdi. «Bolg'achilar» 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi, kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Traore «Vest Hem»da Nunu Eshpiritu Santu bilan yana bir jamoada ishlaydi. Portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida u avvalroq «Vulverhempton»da ham to'p surgan.

Hozirda «Vest Hem» Angliya Premyer-ligasi jadvalida 18-o'rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketish zonasida turibdi. Nunu Eshpiritu Santu shogirdlarining navbatdagi uchrashuvi shanba, 31-yanvar kuni safarda «Chelsi»ga qarshi bo'lib o'tadi va o'yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Adama Traore Londonda Fulhemni Vest Hemga almashtirdi