Real Arbeloa bo‘yicha qarorini e’lon qildi va muddat qo‘ymadi

Alvaro Arbeloa bir necha hafta avval “Real” bosh murabbiylik kursisida Xabi Alonso o‘rnini egallagandi. Madrid klubi yozda yanada nomdor mutaxassisni olib kelishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar tarqalgan, biroq bunday o‘zgarish albatta bo‘lishi shart emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, “Real” Arbeloa bilan kelishuv muddatini amalda “muddatsiz” ko‘rinishda belgilagan va bu haqda murabbiyga allaqachon ma’lum qilgan. Demak, Alvaroning kelajagi jamoaning natijalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, hozircha klub rahbariyati Arbeloaning futbolchilar bilan kiyinish xonasidagi munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yayotganidan mamnun. “Real” boshliqlari bu holat maydondagi o‘yinga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilayotganini ta’kidlamoqda.
Chorshanba kuni “Real” Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!