Denis Makarov Turkiyaga qanday ketgani haqida gapirdi

Hujum qanoti futbolchisi Denis Makarov Turkiyaning “Kayserispor” klubiga o‘tishi qanday kechganini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
27 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u qishki yig‘inlar boshlanishidan oldinroq ham yaqin orada boshqa joyga ketishini sezib, buyumlarini yig‘ishtirib qo‘ygan.
“Yig‘inga keldim, oradan ikki kun o‘tdi, agentim Aleksey qo‘ng‘iroq qilib: ‘Turkiyadan variant bor. Xohlaysanmi?’ dedi. Men darrov rozi bo‘ldim — yangi chempionat, yangi his-tuyg‘ular”, — deya Makarovning so‘zlarini “Chempionat” nashri keltiradi.
Uning ta’kidlashicha, “Kayserispor” murabbiyi va sport direktor bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng tomonlar hamkorlik bo‘yicha tezda o‘zaro kelishuvga kelgan.
Avval “Dinamo” safida to‘p surgan Makarov turk klubi bilan yarim yillik shartnoma imzolagan. Kelishuvda uni uzaytirish opsiyasi ko‘zda tutilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!