Real yozda himoyani kuchaytirish uchun muzokaralarni jadallashtirdi

Madridning "Real" klubi qishda transfer qilmaslikka qaror qilgan, biroq yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Qirollik klubi" oldidagi asosiy vazifalardan biri — mudofaa chizigini, xususan markaziy himoya pozitsiyasini mustahkamlash. Yozda "qaymoqranglilar" markazga bir yoki ikki futbolchini olib kelishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Cadena SER xabariga ko'ra, "Real" yozda erkin agentga aylanishi ehtimoli bo'lgan bir nechta himoyachilar bo'yicha muzokaralarni tezlashtirgan. Nomzodlar orasida "Liverpul" vakili Ibraima Konate hamda "Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano bor.
Avvalroq matbuotda "Bavariya" Upamekano bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha aniq muddat belgilagani haqida ma'lumot chiqqan edi: myunxenliklar fevral o'rtalarigacha futbolchidan taklifga javob kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!