Benzema yangi shartnoma sabab Al-Ittihadda o'yindan bosh tortdi

«Al-Ittihad» hujumchisi Karim Benzema yaqin o'yinda maydonga tushishni rejalashtirmoqda emas. Jurnalist Santi Aunaning xabar berishicha, 38 yoshli futbolchi klubning yangi shartnoma bo'yicha taklifidan norozi bo'lgani uchun Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvni boykot qilishga qaror qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, yulduzli forvard klub rahbariyatiga aniq pozitsiyasini bildirgan: munosib taklif bo'lmaguncha u o'ynamaydi.
Benzemaning «Al-Ittihad» bilan amaldagi shartnomasi yana yarim yildan keyin yakuniga yetadi. U 2023 yil yozida Madridning «Real» klubida 14 yil to'p surganidan so'ng Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgandi.
«Al-Fateh» – «Al-Ittihad» uchrashuvi 29 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing