Milan Matetani 30 million yevroga transfer qilmoqchi

«Kristal Pelas»ning fransuz hujumchisi Jan-Filip Mateta Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli forvardning navbatdagi manzili «Milan» bo‘lishi mumkin. Tomonlar muzokara o‘tkazib, futbolchini 30 million yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashgan.
Mateta joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Shundan 3 tasi penaltidan kiritilgan.
Fransuz hujumchisining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda. Uning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing