Amirxon Umarovning to‘yidagi unutilmas lahzalar: "kelin salom" va "onalarga gul taqdim etish" (video)

Amirxon Umarovning to‘yidagi unutilmas lahzalar: "kelin salom" va "onalarga gul taqdim etish" (video)

Amirxon Umarovning kecha bo‘lib o‘tgan to‘yidan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Kadrlarda nikoh oqshomining ko‘tarinki kayfiyatda, o‘ziga xos marosimlar bilan o‘tgani aks etgan.

To‘y mehmonlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini, ayniqsa, kelin salom hamda kelin-kuyovning onalariga gul taqdim etish marosimlari tortdi. Kelin salom marosimini ko‘pchilikka tanish san’atkorlar Shahloxonim va Saida Rametova olib bordi. Kelinning kuyovga salom qilgani ham videolarni tomosha qilganlar orasida qiziqish uyg‘otdi.

Yana bir e’tiborli lahzada kelin va kuyov bir-birlarining onalariga gul taqdim etib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatdi. Ushbu samimiy lahzalar to‘yga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda kuzatuvchilar yosh juftlikni tabriklab, ularga baxtli va totuv hayot tilamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar