Mkhitaryan Interda tarkib oldindan ma'lum emasligini aytdi

Milaning «Inter» klubi yarim himoyachisi Genrix Mkhitaryan jamoa ichidagi raqobat va tarkib masalasiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so'zlariga ko'ra, hozir jamoada hamma maksimal darajada mehnat qilmoqda va o'yin kimlardan boshlanishini oldindan aytish qiyin. Mkhitaryan o'tgan mavsumda esa vaziyat ancha ravshan bo'lganini, yarim himoya deyarli doim Mkhitaryan, Barella va Chalhanoglu uchligidan tuzilishini hamma bilganini ta'kidladi.
Joriy mavsumda 37 yoshli хавбек barcha musobaqalarni hisobga olganda 21 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va ikki golli uzatma bor.
22 tur yakuniga ko'ra «Inter» A Seriya turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi: jamoa 52 ochko jamg'argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing