Benatiya Marselning Chempionlar ligasidan chiqishidan ranjidi

Marsel uchun Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik klub rahbariyatida ogʻriqli aks-sado bermoqda. Fransuz jamoasining musobaqani tark etishi ortidan bosh murabbiy Roberto de Dzerbining kelajagi borasida ham turli gap-soʻzlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klubning sport direktori Mehdi Benatiya ham bu natijadan hafsalasi pir boʻlganini yashirmadi. «Ochigʻini aytaman, bu juda yomon oqshom bo‘ldi. Bunday o‘yinlarda yutqazib bo‘lmaydi. Bu muammo yana takrorlanyapti», — deya uning soʻzlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib oʻtamiz, guruh bosqichining soʻnggi turida Marsel Bryuggega 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. De Dzerbi jamoani 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing