Real Arbeloaga uzoq muddatli ishonch bildirmoqchi emas

Madridning “Real” klubida Alvaro Arbeloaning bosh murabbiy sifatidagi kelajagi borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, klub ichida Arbeloani uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rayotganlar yo‘q. Manbaga ko‘ra, mavsum yakunidan so‘ng “Real” yangi mutaxassis tayinlash variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa jamoa boshqaruviga Xabi Alonso lavozimidan bo‘shatilganidan keyin kelgan. Alonso Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 2:3 hisobida yutqazgandi.
La Ligada “Real” 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Qaymoqranglilar” peshqadam “Barselona”dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing