Popov Safonov xatosiz o'ynasa PSJda ko'proq imkon oladi

"Rubin"ning sobiq futbolchisi Aleksey Popov PSJ safida to'p tepayotgan rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Popovga ko'ra, Safonovning jamoada muntazam o'ynashi avvalo uning maydondagi ishonchli harakatlariga bog'liq. "Amaliyot shuni ko'rsatadiki, hammasi uning qancha xato qilishiga taqaladi. Xato qilmasa, o'yin amaliyotini olishini ko'ryapmiz. Hammasi faqat Safonovning maydondagi ishlariga bog'liq. Albatta, men unga ishonaman", — deya Popovning so'zlarini keltiradi "RB Sport".
Eslatib o'tamiz, Safonov qo'lidagi jarohat sabab bir oydan ortiq vaqtni o'tkazib yubordi va bir muddat umumiy guruhdan alohida shug'ullandi. Shu hafta u dekabrdan beri ilk bor maydonga tushib, "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvni start tarkibida boshladi — o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Joriy mavsumda 26 yoshli darvozabon PSJ tarkibida barcha musobaqalarda besh o'yinda qatnashib, to'rt gol o'tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!