date

Ruben Neves Al Hilol bilan yangi bitimga yaqinlashdi

Ruben Neves Al Hilol bilan yangi bitimga yaqinlashdi

Al Hilolning tayanch yarim himoyachisi Ruben Neves bilan yangi uzoq muddatli shartnoma boyicha muzokaralar yakuniy bosqichga kirib bormoqda. Bu haqda insayder jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli portugaliyalikka Yevropaning bir qator klublari, jumladan Manchester Yunayted va Madridning Real jamoasi qiziqish bildirayotganiga qaramay, tomonlar kelishuvni oldinga siljitmoqda. Kutilishicha, Neves uch yillik yangi shartnoma imzolaydi.

Neves joriy mavsum barcha turnirlarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek 6 bor sariq kartochka oldi. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ruben Neves Al Hilol bilan yangi bitimga yaqinlashdi