Fenerbahche Kante transferini yanvar oxirigacha yakunlamoqchi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi «Al-Ittihod» yarim himoyachisi N’Golo Kanteni o‘z safiga qo‘shib olish borasidagi urinishlarini to‘xtatgani yo‘q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Florian Plettenberg bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Istanbul klubiga o‘tishga ijobiy qaramoqda. Fransuz futbolchiga Domeniko Tedesko taklif qilayotgan loyiha ma’qul, tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuv ham bor. Biroq muzokaralardagi asosiy to‘siq — «Al-Ittihod» Kanteni qo‘yib yuborishni istamayapti.
Kante 2023 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida Saudiya klubiga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!