Romano Menyan uchun eng qat’iy da’vogar klubni aytdi

Fransuz darvozaboni Mayk Menyan Italiyadagi «Milan» bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu qaror Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyatini ranjitdi, chunki ular posbonni o‘z safiga qo‘shib olish borasida eng faol harakat qilgan jamoa bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik insayder Fabritsio Romano ta’kidlashicha, matbuotda «Milan» Menyanni saqlab qolishda eng ko‘p «Chelsi» qiziqqani haqida yozilgan bo‘lsa-da, amalda eng jiddiy bosim aynan «Bavariya» tomonidan bo‘lgan. Shuningdek, «Yuventus» ham vaziyatni kuzatib borgan, biroq «Inter» tomonidan real qiziqish bo‘lmagan.
Menyan 2021 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing