Manchester Yunayted uchinchi o‘ringa uch ochko qoldi

Shanba oqshomida Birmingemning «Aston Villa» jamoasi safarda «Bornmut»ga qarshi bahsda g‘alabani ushlab qola olmadi — 1:1. Shu tariqa Unai Emeri shogirdlari 47 ochko bilan APLda uchinchi pog‘onada qolib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qiziq tomoni, shanba kuni «Tottenhem» ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozongan «Manchester Yunayted» «Villa»ga juda yaqinlashdi. «Qizil iblislar» hisobida 44 ochko bor va ular uchinchi o‘rindan atigi uch ochkoga ortda.
47 ochko «Manchester Siti»da ham mavjud, biroq «shaharliklar» bu ko‘rsatkichni yakshanba, 8-fevral kuni oshirish imkoniga ega. Xosep Gvardiola jamoasi aynan shu kuni safarda, oltinchi o‘rinda borayotgan «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.
APL peshqadami — «Arsenal»: 56 ochko.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!