date

Inter Roma sardori Pellegrinini tekinga olib kelmoqchi

Inter Roma sardori Pellegrinini tekinga olib kelmoqchi

Milanning “Inter” klubi “Roma” yarim himoyachisi Lorenso Pellegriniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Oratsio Akkomandoning xabariga ko‘ra, “neradzurrilar” futbolchini joriy yil yozida erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Gap shundaki, Pellegrinining “bo‘rilar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va “Inter” transfer xarajatlarini kamaytirgan holda markaziy chiziqni kuchaytirmoqchi.

Lorenso Pellegrini 2017 yilda “Sassuolo”dan “Roma”ga 10 million yevro evaziga o‘tgandi. Joriy mavsum u rimliklar safida barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Roma sardori Pellegrinini tekinga olib kelmoqchi