Real Sosyedad Elcheni ishonchli tarzda mag'lub etdi

Shanba kuni yaxshi formaga kirib olgan «Real Sosyedad» o'z maydonida uzoq vaqtdan beri g'alabani nishonlay olmayotgan «Elche»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida mezbonlar tezkor qarshi hujum yakunida hisobni ochdi: Gonsalu Guedesh uzatmasidan so'ng Luka Suchich aniq zarba yo'lladi. Birinchi bo'lim oxirlarida gollar almashdi: avval Mikel Oyarzabal uzoqdan chiroyli zarba bilan farqni oshirdi, oradan ko'p o'tmay Andre Silva «Elche»ning javob to'pini kiritdi — 2:1.
Ikkinchi bo'lim boshida Silva yana xavfli vaziyat yaratdi, biroq darvozabon jamoasini qutqardi. Shundan keyin Pablo Marin ajoyib pasdan keyin gol urdi, ammo uzatmani bergan Igor Subeldiya ofsaydda bo'lgani sababli gol bekor qilindi. O'yin yakuniga yaqin Orri Oskarsson jarima maydonida imkoniyatdan foydalana olmadi, biroq 89-daqiqada Jon Gorrotksategidan kelgan pasni golga aylantirib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 3:1.
Arsen Zaxaryan jarohat sabab maydonga tusha olmadi. Ushbu g'alabadan so'ng «Real Sosyedad» turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi, «Elche» esa 13-pog'onani bo'lishib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!