Paulu Fonseka Lion tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi

Portugaliyalik murabbiy Paulu Fonseka «Lion»dagi ishini juda muvaffaqiyatli boshladi. U jamoa boshqaruvida o‘tkazgan 51 uchrashuvning 34 tasida g‘alaba qozonib, har uch o‘yindan deyarli ikkitadan yutish ko‘rsatkichi — 66,6 foizni qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija klub tarixidagi eng yaxshi g‘alabalar foizi hisoblanadi. Avvalgi rekordlar ro‘yxatida Jerar Ule 108 o‘yinda 69 g‘alaba (63,9%), Alen Perren esa 55 uchrashuvda 35 g‘alaba (63,6%) bilan keyingi o‘rinlarda turadi.
Fonseka qo‘l ostida «Lion» Fransiya chempionati turnir jadvalida uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Keyingi turda jamoa o‘z maydonida «Nitsa»ni qabul qiladi.





























Izohlar 0
…