date

CSKA sobiq futbolchisi Chalovning transferi haqida fikr bildirdi

CSKA sobiq futbolchisi Chalovning transferi haqida fikr bildirdi

Moskvaning CSKA klubida to‘p surgan Vasiliy Ivanov rossiyalik markaziy hujumchi Fyodor Chalovning qishki transfer oynasida Turkiyaning "Kayserispor" jamoasiga o‘tishi yuzasidan o‘z mulohazalarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ivanov fikricha, Chalov Turkiyada o‘zining eng kuchli jihatlarini ko‘rsatishi kerak. Ekspert yangi klubga o‘tish futbolchiga yangi hissiyotlar berishini, Chalov esa o‘zi asosiy tarkibda o‘ynashga munosib ekanini isbotlashni istayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi uchun hammasi yaxshi kechadi.

Eslatib o‘tamiz, turk klubi Chalovni joriy mavsum yakunigacha PAOKdan ijaraga olgan.

Forvard Gretsiya jamoasi safida 64 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » CSKA sobiq futbolchisi Chalovning transferi haqida fikr bildirdi