Moyze Kin Fiorentina kelajagiga ishonch bilan qaramoqda

"Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin A Seriyaning 24-turida "Torino"ga qarshi o'yindan keyin jamoasining holati haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kin ta'kidlashicha, jamoa o'yinlarning so'nggi daqiqalarida juda ko'p gol o'tkazib yubormoqda va shu sababli muhim ochkolar qo'ldan chiqyapti. Uning aytishicha, bu vaziyatdan chiqish uchun tinimsiz mehnat qilish, taslim bo'lmaslik zarur.
Hujumchi "Fiorentina"ning kelajagiga ijobiy nazar bilan qarayotganini aytdi. Kin jamoa yakuniy daqiqalardagi himoya hamda standart vaziyatlarda o'ynashdagi kamchiliklar ustida ishlashini, bunday davom etishga yo'l qo'yib bo'lmasligini qayd etdi. Shuningdek, u shahardoshlarning qo'llab-quvvatlashi juda muhimligini qo'shib, faqat birlikda bu holatdan chiqish mumkinligini urg'uladi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda jarohat olganiga qaramay, Kin joriy mavsumda "Fiorentina"ning eng sermahsul futbolchisi bo'lib turibdi: 26 ta rasmiy o'yinda 7 gol. Albert Gudmundsson ham 30 uchrashuvda 7 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!