date

Paolo Vanoli jamoada takrorlanayotgan xatolardan norozi

Paolo Vanoli jamoada takrorlanayotgan xatolardan norozi

"Fiorentina" bosh murabbiyi Paolo Vanoli A Seriyasining 24-turida "Torino" bilan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng o‘yin haqida fikr bildirdi. Florensiyaliklar uchrashuvda hisobda oldinda borayotgan bo‘lsa-da, 94-daqiqada gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vanolining aytishicha, natijani har qanday narx evaziga ushlab qolishga bo‘lgan haddan tashqari intilish xavotir uyg‘otishi mumkin. Murabbiy "Torino" tarkibida havodagi kurashda kuchli futbolchilar borligini ta’kidladi va uchrashuv oxirida ularga standart vaziyat ishlash imkonini berish kerak emasligini qayd etdi.

"Meni eng ko‘p asabiylashtirgani — bir xil xatolarni yana va yana ko‘rayotganim. "Latsio"ga qarshi ham oxirida ochko yo‘qotgandik, bugun esa g‘alabaga loyiq edik, ammo bunga erisha olmadik. To‘g‘ri yo‘ldamiz, lekin himoyadagi o‘yinimizni kuchaytirishimiz shart", — dedi Vanoli.

So‘nggi yillarda "Fiorentina" Konferensiyalar ligasida ikki bor finalgacha yetib borgan va turnir jadvalining yuqori qismida barqaror o‘rin egallab kelgan edi. Hozir esa jamoa quyi ligaga tushib ketish zonasiga yaqinlashib qolgan, bu esa klubning 2004 yildan beri ilk bor A Seriyani tark etish xavfini kuchaytirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Paolo Vanoli jamoada takrorlanayotgan xatolardan norozi