Real yozgi transferda Vitinyani asosiy nishonga oldi

Madridning «Real» klubi yozgi transferda «PSJ» yarim himoyachisi Vitiniyaga qiziqishini oshirmoqda. U, jurnalist Xose Feliks Diasning xabariga ko'ra, «Real»ning asosiy maqsadiga aylangan. Vitiniya 2022 yilda «Portu»dan 41 million evro evaziga «PSJ»ga o'tgan va uning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda u 31 o'yinda 6 gol urib, 10 ta golli uzatma bergan.
Madridning «Real» klubi «PSJ» yarim himoyachisi Vitinyaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Xose Feliks Dias xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi «qaymoqranglilar» uchun yozgi transfer oynasidagi eng asosiy maqsadga aylangan. Klub Vitinyani tarkibga qo‘shib olish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqchi.
Vitinya 2022 yilda «Portu»dan «PSJ»ga 41 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 31 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Vitinyaning qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.






























Izohlar 0
…