Guberniyev Safonovning PSJ asosiy tarkibiga kirishini olqishladi

Guberniyev Safonovning PSJ asosiy tarkibiga kirishini olqishladi

Rossiyalik sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev darvozabon Matvey Safonovning PSJning “Marsel”ga qarshi o‘yinida start tarkibidan joy olganini yuqori baholadi. Uchrashuvning 70-daqiqasiga kelib, parijliklar 4:0 hisobida oldinda borayotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Guberniyev bu o‘yin Fransiyadagi eng prinsipial to‘qnashuv ekanini ta’kidlab, “Marsel” – PSJ raqobati hissiyot va keskinlik jihatidan hatto “Real” – “Barselona” bahsidan ham ustun kelishini yozdi.

Safonov mavsumning katta qismini zaxirada o‘tkazgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda maydonda tobora ko‘proq ko‘rinish bermoqda va asosiy tarkib uchun kurashda Lyuk Shevalyeni ortda qoldirdi. U o‘tkazgan 6 uchrashuvda 5 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar