date

Fenerbahche Anderson Taliskani 2028 yilgacha olib qoldi

Fenerbahche Anderson Taliskani 2028 yilgacha olib qoldi

Fenerbahche hujumkor yarim himoyachisi Anderson Taliska bilan yangi mehnat shartnomasini rasmiylashtirdi. Bu haqdagi xabar turk klubi rasmiy manbalarida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangilangan kelishuvga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2028 yil yozigacha jamoa sharafini himoya qiladi.

Taliska Turkiyada 2025 yil yanvaridan beri to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.

Turkiya chempionatining 20-turidan keyin Fenerbahche turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi Galatasaraydan 6 ochko ortda. 10 fevral, dushanba kuni Istanbul klubi Genchlerbirligi bilan bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche Anderson Taliskani 2028 yilgacha olib qoldi