date

Karreras Mbappeni haqiqiy monstr deb atadi

Karreras Mbappeni haqiqiy monstr deb atadi

Madridning “Real” klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras jamoadoshi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Valensiya”ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobidagi gʻalabani aynan Karreras va Mbappe taʼminladi: ispaniyalik 65-daqiqada, fransuz esa 91-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol qildi.

“Mbappe — haqiqiy monstr. Jamoada shunday futbolchi borligi juda zoʻr. Bu yerga kelganimning ilk kunidan beri u menga yordam berib kelmoqda, u uchun xursandman”, — deya Karrerasning soʻzlarini Madrid Xtra manbasiga tayanib “Gazeta.Ru” keltirdi.

Mbappe La Ligada 22 o‘yinda 23 gol urib, to‘purarlar poygasida yetakchilikni ishonchli ushlab turibdi. Hujumchi barcha musobaqalarda esa 31 uchrashuvda 38 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karreras Mbappeni haqiqiy monstr deb atadi