Pogrebnyak Soboslaijining jarima zarbasini kosmik gol deb atadi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi sobiq futbolchisi Pavel Pogrebnyak Angliya chempionatida kecha bo‘lib o‘tgan “Liverpul” – “Manchester Siti” uchrashuvida yarim himoyachi Dominik Soboslaining goli haqida fikr bildirdi. Vengriyalik futbolchi jarima zarbasidan aniq tepib “shaharliklar” darvozasini ishg‘ol qildi, biroq uning jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Soboslaidan kosmik gol. Lekin bu to‘p menga nimanidir eslatyapti… O‘ylashimcha, u o‘sha mashhur gol ta’sirida qolgan”, — deb yozdi Pogrebnyak ijtimoiy tarmoqlarda.
Pogrebnyak Soboslaijining zarbasini o‘zi “Zenit” safida Moskvaning “Spartak”iga qarshi o‘yinda urgan jarima zarbasidan kiritilgan uzoq masofali goli bilan qiyosladi. O‘sha uchrashuv 2009 yil bahorida bo‘lib o‘tgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!