Santi Kasorla La Liga APLdan ancha ortda dedi

Santi Kasorla «La Liga barcha jihatlar bo‘yicha APLdan bir necha “yorug‘lik yili” ortda qolmoqda», deya fikr bildirdi. «Real Ovyedo» va «Rayo Valyekano» uchrashuvi maydonning yomon holati hamda noqulay ob-havo sabab o‘yin boshlanishiga bir necha soat qolganida bekor qilindi. «Ovyedo» rahbariyati jamoa stadionga yetib kelganidan keyin qabul qilingan qarordan ranjidi, bekor qilingan o‘yin klubga moliyaviy yo‘qotishlar keltirdi.
Ikki karra Yevropa chempioni Santi Kasorla hozir o‘ynayotgan «Real Ovyedo»ning «Rayo Valyekano»ga qarshi uchrashuvi ko‘chirilganidan norozi bo‘ldi. O‘yin boshlanishiga bir necha soat qolganida, maydonning yomon holati hamda noqulay ob-havo sabab bellashuv bekor qilingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kasorla ijtimoiy tarmoqlarda keskin fikr bildirib, «La Liga barcha jihatlar bo‘yicha APLdan bir necha “yorug‘lik yili” ortda qolmoqda», deya yozdi.
Holatdan «Ovyedo» rahbariyati ham ranjigan: jamoa stadionga yetib kelib bo‘lgan, natijada bekor qilingan o‘yin klubga ma’lum moliyaviy yo‘qotishlar ham keltirgan.






























Izohlar 0
…