date

Real Dani Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish borasida ikkilanyapti

Real Dani Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish borasida ikkilanyapti

Madridning «Real» klubi tarkibidagi tajribali futbolchilardan biri bo‘yicha qarorini hali aniq qilgani yo‘q. The Athletic xabariga ko‘ra, klub rahbariyati Dani Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish zarurati bor-yo‘qligini muhokama qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq matbuotda himoyachining vaziyatidan norozi ekani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. 34 yoshli futbolchini asosan o‘yin amaliyotining kamligi qoniqtirmayotgani aytiladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Karvaxal «Real» safida 10 uchrashuvda maydonga tushib, qo‘shimcha vaqtni hisobga olmaganda 470 daqiqa o‘ynadi. U hozircha samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Karvaxal deyarli butun faoliyatini «Real»da o‘tkazgan. Faqat 2012/2013 yilgi mavsumda u ijara asosida «Bayer» tarkibida to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Dani Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish borasida ikkilanyapti