Mbappe Alonsoga nisbatan Arbeloadan ko'proq yoqimli ishlagan

Kilian Mbappe «Real» safida gollar urishda davom etmoqda. Yakshanba kuni madridliklar «Valensiya»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi, uchrashuvdagi ikkinchi gol muallifi aynan Mbappe bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri El Partidazo dasturiga tayanib xabar berishicha, Mbappe murabbiylar bilan ishlash masalasida Xabi Alonso davrini Alvaro Arbeloa davridan ko'proq ma'qul ko'rgan.
Qizig'i shundaki, avvalroq Alonso va Mbappe orasida sovuqqonlik borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi murabbiy ishdan ketganidan keyin bu gaplar asossizligini, aslida hech qanday muammo bo'lmaganini ta'kidlagan.
Hozirda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. «Barselona» esa madridliklardan bir ochko oldinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!