Safonov PSJning yirik g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Safonov PSJning yirik g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Fransiya chempionatining prinsipial bellashuvida PSJ o'z maydonida Marselni ayovsiz tarzda taslim etdi — 5:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan so'ng rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. U bu bahsda darvozasi daxlsiz qolganini ham qayd etdi.

«Bu men uchun ilk “Le Klassik”. Juda katta g'alaba va aqlbovar qilmas atmosfera. Muxlislarimizga rahmat!» — dedi Safonov.

PSJ hozirda Fransiya chempionatida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi Lans Luis Enrike jamoasidan ikki ochkoga ortda bormoqda.

Parij klubi navbatdagi o'yinini 13 fevral, juma kuni safarda Rennga qarshi o'tkazadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar