date

Gasperini Malenni van Basten va Vialli bilan qiyosladi

Gasperini Malenni van Basten va Vialli bilan qiyosladi

A Seriyasining 24-turidagi so'nggi uchrashuvda «Roma» o'z maydonida «Kalyari»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Rimliklar har ikki taymda bittadan gol urdi va ikkala vaziyatda ham jamoaga yaqinda qo'shilgan niderlandiyalik hujumchi Doniell Malen raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan keyin «Roma» bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini Malenning o'yin uslubiga baho berar ekan, uni afsonaviy Marko van Basten bilan solishtirdi. Murabbiy, shuningdek, Malenda Janluka Viallini eslatuvchi jihatlar ko'pligini ta'kidladi.

«Van Basten jismonan Malendan biroz boshqacharoq edi. Ammo Vialli bilan juda ko'p o'xshashlikni ko'ryapman: xuddi shunday chaqqon, bo'sh zonalarni topib ochila oladi. Umuman olganda, juda ko'p umumiy tomonlar bor», — deya Gasperinining so'zlarini forzaroma.info keltirdi.

Hozirda «Roma» Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gasperini Malenni van Basten va Vialli bilan qiyosladi