07:16 / 05.03.2017
5 343

«Barselona» o‘zida «Selta» darvozasigaga javobsiz beshta gol kiritdi

«Barselona» o‘zida «Selta» darvozasigaga javobsiz beshta gol kiritdi

Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Selta» uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. «Kamp Nou»da kechgan bahsda kataloniyaliklar «Selta» darvozasiga javobsiz beshta to‘p yo‘lladilar.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Lionel Messi raqib o‘yinchilarini birin-ketin aldab o‘tib, qulay vaziyatga chiqib bordi va to‘pni yaqin burchakka joylab qo‘ydi. 40-daqiqada esa Neymar Messining to‘p uzatishidan so‘ng hisobni oshirdi.

O‘yinning 57-daqiqasida Rakitich o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Samuel Umtiti hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. 64-daqiqa Messi o‘z dublini nishonladi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Shu tariqa ushbu g‘alaba «Barselona»ni yana birinchi o‘ringa qaytardi, biroq ikkinchi pog‘onada ketayotgan «Real»da bitta zahira o‘yini mavjud.

Ispaniya chempionati, 26-tur

Barselona – Selta 5:0


Gollar: 1:0 – 24 Messi, 2:0 – 40 Neymar, 3:0 – 57 Rakitich, 4:0 – 61 Umtiti, 5:0 – 64 Messi.

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto (Inesta, 67), Rakitich, Buskets (Maskerano, 61), Rafinya, Neymar (Denis Suares, 70), Messi, Suares.

Selta – Alvares, Gomes, Kabral, Kastro, Ronkalya, Vass (Dias, 68), Radoya, Bongonda (Sisto, 51), Malo, Gvidetti (Xosabed, 62), Aspas.

Ogohlantirishlar: Buskets (20), Kabral (36), Radoya (38), Gomes (49).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» o‘zida «Selta» darvozasigaga javobsiz beshta gol kiritdi