date

Umtiti Pike haqida iliq fikr bildirdi va e'tirof etdi

Umtiti Pike haqida iliq fikr bildirdi va e'tirof etdi

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Samyuel Umtiti Kataloniya klubida birga to'p surgan Xerar'd Pike haqida xotiralarini bo'lishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Umtitining aytishicha, Pike u maydonda birga o'ynagan eng kuchli himoyachilardan biri bo'lgan. “U mashg'ulotlarda eng tirishqoq futbolchi bo'lmagan, chunki jismonan tayyor edi. Ammo o'yinni o'qishi aql bovar qilmas darajada kuchli edi”, — deya Umtitining so'zlarini keltiradi The Elevate House.

Umtiti “Barselona” safida 133 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.

Hozirda “Barselona” Ispaniya La Ligasida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Real” esa bir ochko ortda boryapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Umtiti Pike haqida iliq fikr bildirdi va e'tirof etdi