date

Realning yosh himoyachisi Arbeloa kutganidan ham zo'r o'ynadi

Realning yosh himoyachisi Arbeloa kutganidan ham zo'r o'ynadi

Madridning «Real» klubida to'p surayotgan o'ng qanot himoyachisi David Ximenes yaqin orada asosiy jamoada mustahkam o'rin egallashi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli futbolchi yaqinda La Ligada «Valensiya»ga qarshi bahsda ilk bor start tarkibida maydonga tushdi. «Mestalya»dagi uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Jurnalist Ruben Martin xabariga ko'ra, bosh murabbiy Alvaro Arbeloa Ximenesning o'yinidan juda mamnun qolgan.

Arbeloa lateralning imkoniyatlari va salohiyatini «Kastilya»dagi hamkorlik davridan yaxshi biladi, biroq bu safar Ximenes baribir murabbiy kutganidan ham yuqori darajada o'ynadi. Endilikda yosh ispaniyalik asosiy tarkib o'yinlariga ko'proq jalb qilinishi kutilmoqda.

David Ximenes «Real» safida hozirga qadar 4 ta uchrashuvda ishtirok etgan, shulardan 2 tasi Ispaniya Kubogi doirasida. Mart oyida futbolchi 22 yoshga to'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Realning yosh himoyachisi Arbeloa kutganidan ham zo'r o'ynadi