Jessi Marsh bolaligidan Milanni qoʻllab kelishini aytdi

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh Italiyaning “Milan” klubiga uzoq yillardan beri muxlislik qilishini ma’lum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, u bu jamoaga bolaligidayoq, Italiya futboli dunyoda eng kuchli hisoblangan davrda mehr qoʻygan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marshning ta’kidlashicha, yoshligida u A Seriya bahslarini muntazam kuzatgan va aynan “Milan”ning oʻyini uni rom etgan. Shuningdek, u Toronto shahrida italiyaliklar koʻp yashashini eslatib, Italiya terma jamoasi jahon chempionatiga yoʻl olsa, uchrashuvlarini aynan shu yerda oʻtkazishi muhit uchun juda mos bo‘lishini aytgan. Murabbiyning fikrlarini pianetamilan.it keltirdi.
Ayni paytda “Milan” A Seriya turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing