date

Peres Superliga ishga tushmasligini oldindan bilgan edi

Peres Superliga ishga tushmasligini oldindan bilgan edi

Yevropa Superligasi loyihasi amalga oshmaydi — «Real» bu borada rasmiy bayonot berdi. The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres aslida Superliga hech qachon paydo bo‘lmasligini juda yaxshi tushungan. Xuddi shu fikrni «Barselona»ning sobiq rahbari Joan Laporta va «PSJ» xo‘jayini Nasser al-Xelayfi ham qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, Superliga tashabbusining asosiy maqsadi — UYEFAni Chempionlar ligasi formatini yangilashga majbur qilish bo‘lgan. Yangi tizimda grandlar o‘rtasidagi top o‘yinlar soni ko‘payishi, klublar daromadi esa oshishi ko‘zlangan.

Eslatib o‘tamiz, Joan Laporta yaqinda «Barselona» prezidenti lavozimini tark etib, navbatdagi saylovlarda yana nomzod sifatida qatnashishga qaror qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Peres Superliga ishga tushmasligini oldindan bilgan edi