date

Yuventus yozda Federiko Gattini sotishi mumkin

Yuventus yozda Federiko Gattini sotishi mumkin

"Yuventus" himoyachisi Federiko Gatti Turin klubini tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko'ra, "Yuventus" bu yoz futbolchini sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Sababi, jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti endi Gattini "sotilmaydigan" futbolchi sifatida ko'rmayapti. Bundan tashqari, himoyachining yiliga uch million yevrolik maoshi klubni qoniqtirmayapti: "Yuventus" Gattining o'yini bu summaga mos kelmaydi, deb hisoblaydi.

Federiko Gatti 2022 yilda "Frozinone"dan "Yuventus"ga to'qqiz million yevroga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 17 o'yinda maydonga tushib, ikki gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus yozda Federiko Gattini sotishi mumkin