date

Tottenhem sobiq murabbiyi match paytida hushidan ketdi

Tottenhem sobiq murabbiyi match paytida hushidan ketdi

Angliyaning «Tottenhem» klubini avval boshqargan Devid Plit Chempionship uchrashuvi vaqtida «Kuins Park Reyndjers»ning «Loftus Roud» stadionida hushidan ketib qoldi. Hozir u shifoxonaga yotqizilgan va Daily Mail xabariga ko'ra, kamida ikki hafta davolanishda bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

81 yoshli mutaxassisning holati klubda ham e'tiborsiz qolmadi: «Tottenhem» matbuot xizmati Plitning yaqinlari bilan bog'lanib, uning oilasi hamda o'ziga zarur yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

Plit «Tottenhem»ni 1986/1987 yilgi mavsumda boshqargan, keyinchalik esa bir necha yil davomida klubda turli lavozimlarda, jumladan sport direktori sifatida ham faoliyat yuritgan. U professional faoliyatini 2008 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem sobiq murabbiyi match paytida hushidan ketdi