date

Kanchelskis Golovinga Dortmundning Borussiyasini tavsiya qildi

Kanchelskis Golovinga Dortmundning Borussiyasini tavsiya qildi

Monakoda sakkizinchi mavsumini o‘tkazayotgan Aleksandr Golovin bo‘yicha sobiq rossiyalik futbolchi Andrey Kanchelskis fikr bildirdi. Uning aytishicha, agar taklif bo‘lganida, yarim himoyachi Dortmundning «Borussiya»siga o‘tishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Agar nemis klubi unga qiziqqan bo‘lsa, Aleksandr Dortmundga borishi zarur edi. Hozir esa mavsum oxirigacha o‘ynab, keyin kelajagi haqida qaror qabul qilgani ma’qul», — deya Kanchelskis so‘zlarini keltiradi «RB Sport».

Kanchelskis Golovin Bundesligada o‘zini sinab ko‘rishi mumkinligini ham ta’kidladi.

Golovin «Monako» safida jami 256 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Bu o‘yinlarda rossiyalik futbolchi 36 gol urib, 42 ta golli pas muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portali uni 18 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis Golovinga Dortmundning Borussiyasini tavsiya qildi