Levandovskiga Yevropaning ikki grand klubi ko'z tikdi

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Yevropadagi boshqa nufuzli klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Polshalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. 37 yoshli to'purar uchun MLSning "Chikago Fayr" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, shuningdek, da'vogarlar qatorida Turkiyaning "Fenerbahche" jamoasi ham tilga olinmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Milan" va Madridning "Atletiko" klubi ham tajribali yulduzni tarkibiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqyapti. Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham poygadan chekinmagan.
Levandovski kelajagi bo'yicha yakuniy qarorni aprel oyigacha qabul qilmoqchi. Hujumchining o'zi "Barselona"da yana bir yil qolishni afzal ko'radi, biroq kataloniyaliklar unga yangi shartnoma taklif qiladimi-yo'qmi, hozircha noma'lum.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!