date

Kassano Napoli mavsumni Milanidan yuqorida yakunlaydi deydi

Kassano Napoli mavsumni Milanidan yuqorida yakunlaydi deydi

Italiya futbolining sobiq yulduzi Antonio Kassano hanuzgacha «Milan»ga nisbatan shubha bilan qarashda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eks-hujumchi o'ziga yoqmagan futbolchi va murabbiylarni ochiq tanqid qilishi bilan tanilgan. «Rossoneri» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham uning doimiy nishonlaridan biri. «Milan» bu mavsum yaxshi natijalar ko'rsatayotgani va chempionlik poygasida borayotganiga qaramay, Kassano fikridan qaytmayapti.

«Men baribir mavsum yakunida A Seriyasi jadvalida «Napoli» «Milan»dan yuqorida bo'lishiga ishonaman», — dedi Kassano Viva El Futbol bilan suhbatda.

Hozirda Allegri jamoasi 50 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, peshqadam «Inter»ning hisobida 55 ochko. «Napoli» esa 49 ochko jamg'argan va «Milan»ga nisbatan bitta o'yinni ko'proq o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kassano Napoli mavsumni Milanidan yuqorida yakunlaydi deydi