Yelagin keyingi mavsum Liverpulga og'ir bo'lishini aytdi

Futbol sharhlovchisi va ekspert Aleksandr Yelagin «Liverpul»ni kelasi mavsum yanada murakkab sinovlar kutayotganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, joriy mavsum ham Arne Slot uchun oson kechmayapti, biroq navbatdagi mavsumda vaziyat yanada chigallashishi mumkin. Yelagin Van Deyk va Saloh jamoani tark etishi yoki klub bilan xayrlashishga majbur bo'lishi ehtimolini tilga oldi.
Ekspert avlodlar almashinuvi baribir yuz berishini, tarkibga «yangi qon» kerakligini qayd etdi. Uning aytishicha, «Liverpul» yuqori cho'qqida qolishni istasa, jamoani qayta formatlash zarur, ammo hozircha maydonda «yangi Jerrardlar» ko'rinmayapti.
Angliya chempionatining 26-turidan so'ng «Liverpul» 42 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!