date

Bolonya Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi

Bolonya Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi

Argentinalik hujumchi Santyago Kastro “Bolonya” bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi. Italiya klubi matbuot xizmati futbolchining yangi kelishuvi rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli forvard bilan tuzilgan yangi shartnoma 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Kastro “Bolonya” safida 2024 yil yanvaridan beri to‘p surib kelmoqda.

Joriy mavsumning birinchi qismida u 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

A Seriyada 24 turdan so‘ng “Bolonya” 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi o‘yinini 15 fevral kuni safarda “Torino”ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bolonya Santyago Kastro bilan shartnomani uzaytirdi