Upamekano Bavariya bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirdi

Upamekano Bavariya bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirdi

Dayo Upamekanoning kelajagi borasidagi mish-mishlarga nuqta qo'yildi: «Bavariya» markaziy himoyachi bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi. 27 yoshli futbolchi yangi kelishuvga imzo chekkanidan so'ng fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bavariya»da qolayotganimdan juda xursandman va bu jamoa safida o'ynashda davom etaman. Tarkibimiz kuchli, murabbiyimiz ham zo'r — birgalikda katta maqsadlarni oldimizga qo'yganmiz. Hayotda hammasini mentalitet hal qiladi: har bir mashg'ulotda sheriklarim uchun borimni beraman, har o'yinda darvozamizni daxlsiz saqlashni istayman va «Bavariya» bilan imkon qadar ko'proq sovrin yutishni maqsad qilganman», — deya Upamekanoning so'zlarini klub sayti keltirdi.

Endi Upamekanoning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.

Shanba kuni «Bavariya» safarda «Verder»ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar