date

Tottenhem Tudorni yozgacha vaqtinchalik bosh murabbiy qilmoqchi

Tottenhem Tudorni yozgacha vaqtinchalik bosh murabbiy qilmoqchi

Londonning «Tottenhem» klubi Igor Tudor bilan bosh murabbiy sifatida ishlashga tayyor, biroq hamkorlik faqat kelayotgan yozgacha moʻljallangan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga koʻra, «shporlar» rahbariyati va mutaxassis tomoni allaqachon aloqa oʻrnatgan. Shu bilan birga, klub yozgi davr uchun asosiy nomzodlar sifatida Roberto De Dzerbi hamda Maurisio Pochettino variantlarini ham koʻrib chiqmoqda.

Eslatib oʻtamiz, «Tottenhem» hafta davomida daniyalik Tomas Frank bilan xayrlashdi. U jamoani 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Hozirda londonliklar APL turnir jadvalida 16-oʻrinda bormoqda.

Tudor esa joriy mavsumda «Yuventus»dagi lavozimidan bo‘shatilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem Tudorni yozgacha vaqtinchalik bosh murabbiy qilmoqchi