Real yetakchi futbolchisini Chempionlar Ligasi oldidan asraydi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar Ligasi uchrashuvlari arafasida yarim himoyachi Federiko Valverdeni asrashni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bugun “qirollik klubi” La Ligada o‘z maydonida “Real Sosyedad”ni qabul qiladi. Marca xabariga ko‘ra, murabbiy Valverdeni dam oldirib, seshanba kuni Lissabonda “Benfika”ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining ilk o‘yiniga maksimal tayyor holatga keltirmoqchi.
Bugungi bahsda markazda Eduardo Kamavinga, Orelien Tchuameni va Arda Gyuler uchligi maydonga tushishi kutilmoqda. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing