date

Fiorentina Komoni yengdi, ammo quyi zona tark etmadi

Fiorentina Komoni yengdi, ammo quyi zona tark etmadi

Italiya chempionatida kuchli beshlikka yaqinlashib kelayotgan «Komo» shanba kuni o‘z maydonida autsayder «Fiorentina»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtalarida florensiyaliklar hisobni ochdi: Nikolo Fadjoli dastlab himoyachiga tekkan zarbadan so‘ng qaytgan to‘pni ikkinchi urinishda aniq yakunlab, mehmonlarni oldinga olib chiqdi — 0:1.

54-daqiqada «Fiorentina» ustunligini oshirdi — Moyze Kin penaltini sovuqqonlik bilan ijro etdi: to‘p burchakka yo‘naldi, darvozabon esa joyidan qimirlamadi — 0:2. Oradan ko‘p o‘tmay Martin Baturina uzoqdan xavfli zarba yo‘lladi, biroq to‘p darvoza ustuniga yaqin joydan o‘tib ketdi.

70-daqiqada mehmonlar bosh murabbiyi Paolo Vanoli hakamga aytilgan gaplari uchun maydondan chetlatildi. 77-daqiqada esa «Komo» hisobni qisqartirdi: Alvaro Morataning bosh bilan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p Fabiano Pariziga tegib, darvozaga kirib ketdi — 1:2. O‘yin yakunida Morata janjalda ishtirok etib, qizil kartochka oldi.

G‘alabaga qaramay, «Fiorentina» turnir jadvalida pastdan uchinchi o‘rinda qolmoqda. «Komo» esa oltinchi pog‘onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fiorentina Komoni yengdi, ammo quyi zona tark etmadi