Grishin Golovin top klubga kerak emasligini aytdi

Rossiyalik sobiq yarim himoyachi Aleksandr Grishin Aleksandr Golovinning kelajagi haqida fikr bildirib, uning yaqin orada grand jamoaga ko‘chishi ehtimolini past baholadi. Hozirda Golovin Fransiya chempionatida 7-o‘rinda borayotgan «Monako» safida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Grishin futbolchi avvalroq boshqa klubga o‘tishi kerak bo‘lganini ta’kidladi. Uningcha, Golovin bu yoshda chempionatni o‘zgartirish uchun yetarli motivatsiyaga ega emas, ustiga-ustak tez-tez jarohat oladi. Shuningdek, «Monako»da ham u doimiy ravishda asosiy tarkibda o‘ynamayotgani sababli top-klublar unga jiddiy qiziqish bildirmaydi.
«Monako» 31 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida 7-pog‘onada. 29 yoshli Golovin joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 4 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!