Arbeloa Realning yirik g'alabasini ajoyib deb atadi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Ligada "Real Sosyedad" ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alabadan (4:1) so'ng o'z taassurotlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Qaymoqranglilar" uch ochkoni Gonsalo Garsiya, Vinisius Junior (dubl) va Federiko Valverde kiritgan gollar evaziga qo'lga kiritdi. Mehmonlar safida esa Mikel Oyarzabal bir bor aniq zarba bilan javob qaytardi.
"Bu — ishonib bo'lmas g'alaba. "Real Sosyedad" biz bilan o'yin oldidan 12 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyaga ega edi, ammo biz mashg'ulotlarda juda puxta tayyorlandik va rejadagilarni maydonda to'liq bajardik", — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Ushbu natijadan keyin madridliklar "Barselona"ni ikki ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida yana peshqadamga aylandi. Biroq kataloniyaliklarning zaxirada bitta o'yini bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!